Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga qisqa muddat salqin havo kirib keladi

O‘zbekistonga qisqa muddat salqin havo kirib keladi

Foto: Xabar.uz

25-iyun kunduz kuni O‘zbekistonda haroratning biroz pasayishi kutilmoqda, bunday holat qisqa muddatga salqin havo kirib kelishi hisobiga sodir bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 32-34° gacha isiydi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring