Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 6 oyda qariyb 100 ming oila qurildi

O‘zbekistonda 6 oyda qariyb 100 ming oila qurildi

Foto: Xabar.uz

Yanvar-iyun oylarida qancha nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda 97,4 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Jami nikohlarning qayd etilgan hududi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

shahar joylarda – 50,1 mingta;

qishloq joylarda – 47,3 mingta.

Avvalroq, O‘zbekiston nikohlar soni bo‘yicha MDHda birinchi, ajralishlar bo‘yicha esa oxirgi o‘rinda turishi ma’lum bo‘lgandi. 

MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda har 1 000 kishiga nikohlar soni 8,4 tani, ajralishlar soni 1,4 tani tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring