O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
O‘mon O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo‘lib turish tartibini joriy qildi.
Bu haqda O‘monning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.
Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan ko‘proq vaqt mobaynida bo‘lishni istagan o‘zbekistonliklar O‘monga kirish paytida aeroportning o‘zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Prezidentining 2023 yil 9 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 martdan boshlab O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter