Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obid Asomovni minglab kishilar so‘nggi manzilga kuzatishdi

Obid Asomovni minglab kishilar so‘nggi manzilga kuzatishdi

Qiziqchi va aktyor Obid Asomov bugun, 15-dekabr kuni Toshkentdagi «Kamolon» qabristonida dafn etildi. Janoza namozi «Kamolon» masjidida o‘qildi.

Taniqli so‘z ustasini minglab kishilar so‘nggi manzilga kuzatishdi.

Obid Asomov 10-dekabr kuni Toshkentdagi 1-sonli klinik shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi. U kecha, 14-dekabr kuni o‘tkir infarktdan vafot etdi.

​Obid Asomov 1963-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Avvaliga yakkaxon chiqishlari bilan, so‘ng «Obid-A» teatrini tashkil qilib, mashhurlik cho‘qqisiga ko‘tarildi.

Rossiya televideniyesidagi «Krivoye zerkalo» hajviy dasturidagi ishtiroki orqali butun MDH davlatlaridan muxlislar orttirdi.

U shu yilning may oyidan buyon Multiplikatsion filmlar studiyasida direktor lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring