Nostalgiya: nima uchun o‘tmishni sog‘inamiz?
Juda ko‘pchilik, balki deyarli barcha o‘tmishini sog‘inadi. Ya’ni nostalgiya o‘tmishni sog‘inish hissi hech kimga begona emas. Odatda bu his kutilmaganda keladi. Va har kimning ongida vaqt mashinasini ortga qaytarish uchun «kalit»lar mavjud.
Misol uchun yoshligingizda eshitgan qo‘shig‘ingiz yoki buvingiz, onangiz oilaviy bayramlar uchun tayyorlagan taom sizga o‘sha sog‘inch hissini beradi.
Hatto hid, ta’m, biror hayvonni erkalash – tuyg‘ularni jalb qiladigan har qanday narsa nostalgiyani faollashtirishi mumkin.
«Nostalgiya» atamasining paydo bo‘lishi...
Ushbu atamaning tarixi 1688-yildan boshlanadi. Shveysariyalik tibbiyot talabasi Yoxannes Xofer ikkita yunoncha so‘zni birlashtirib yaratdi: (nostos, «uyga qaytish») va (algos, «og‘riq»). Bu ibora bilan Xofer begona yurtda o‘z ona yurtlarini sog‘inib yurgan shveysariyalik askarlarning ahvolini tasvirlab berdi.
XXVII asrda nostalgiya juda jiddiy qabul qilindi. O‘tmish haqidagi qayg‘uli sog‘inch ruhiy kasallik deb hisoblangan, uning alomatlari hushidan ketish, doimiy qayg‘u, tashvish va isitmani o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan..
Bugungi kunda nostalgiya haqida fan nima deydi?
Nostalgiyani sinchkovlik bilan o‘rganish XIX-XXasrlarda boshlangan – bu vaqtgacha u hali ham ruhiy buzilish, ya’ni kasallik, deb hisoblangan.
Bugungi kunda nostalgiya ruhiy buzilish hisoblanmaydi. Bundan tashqari, nostalgiya o‘z vatanini sog‘inish hissi bilan bog‘lanmaydi. Odamlar o‘tmishga yoki muayyan odamlarga, maktabga va shov-shuvli talabalik yillariga qaytgisi keladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, nostalgiya tizginsiz bo‘lib, u boshlanishi uchun tovushlar, hidlar, ta’mlar va tasvirlar kifoya qiladi. Agar sizda ta’m bilish sezgisi hali ham kuchli bo‘lsa boshqa qo‘zg‘atuvchi hislarga qaraganda ko‘proq ijobiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirasiz.
Qizig‘i, hatto yetti yoshli bolalar ham nostalgiyani boshdan kechirishlari mumkin. Bolalar ham o‘tmishdagi tug‘ilgan kunlari yoki yozgi ta’tillarni qo‘msashadi.
Ko‘pchilik haftada bir marta o‘tgan kunlarini sog‘inadi, ba’zilari esa hafta davomida 3-4 marta o‘tmish bilan bog‘liq xotiralarni eslaydi.
Shaxsiy o‘tmish sog‘inchidan tashqari, jamoaviy o‘tmish sog‘inchi ham mavjud. Odatda u guruhlararo hissiyotlarga asoslanadi va ijtimoiy ahamiyatga ega yoki tarixiy voqealar bilan bog‘liq.
Nostalgiya nimaga o‘xshaydi?
Tarixchi Svetlana Boym nostalgiyani ikki turga ajratadi:
Reflektiv – ushbu yondashuv o‘tmishni odatiy hol sifatida qabul qilishni taklif qiladi va hozirgi paytda nimadir yaxshi tomonga o‘zgarganini inkor etmaydi. Bu bizning tajribalarimizni qadrlashimizga va noyob vaqt haqida tashvishlanmasdan xotiralardan zavqlanishimizga yordam beradi.
Qayta tiklovchi – bu tur boshqacha ishlaydi: odam vaqtni qaytarib bo‘lmasligi tufayli «o‘smaydi» va «ilgari hamma narsa yaxshiroq edi», degan fikrlar bilan o‘zini qiynab qo‘yadi. O‘tmishni ideal sifatida qabul qilish va uni takrorlashning mumkin emasligi ichki ziddiyatlarga, surunkali tushkunlik holatlarga olib keladi.
Agar oilaviy tadbirlar yoki do‘stlar bilan uchrashuvda o‘tmishga qaytsangiz, bundan tashvishlanmang, bu tabiiy hol.
O‘tmish bilan bog‘liq sog‘inch kayfiyati yaqinlar yonida paydo bo‘ladi, chunki bizning ichki doiramiz umumiy xotiralar omboridir. Biz ular bilan suhbatlashganimizda quvonchli va qiyin davrlarni birga boshdan kechirgan voqealarni eslaymiz. Odamlar va oziq-ovqat, qo‘shiqlar o‘tmishga qaytish uchun «qidiruv signallari»dir.
Nostalgiya sizga zarar yetkazishi mumkinmi?
Nostalgiya – bu ko‘p qirrali tuyg‘u. Ba’zi psixologlar buni «yo‘qotish hissi bilan ijobiy his-tuyg‘u», deb ta’riflaydilar – biz bir vaqtning o‘zida qayg‘u va quvonchni his qilishimiz mumkin. Ha, o‘tmishdagi hissiy-aqliy sayohatlar zarar yetkazishi mumkin. Statistikaga ko‘ra, nostalgiya ko‘pincha salbiy his-tuyg‘ular bilan birga keladi va bir xil natijalarga olib keladi. Ongning o‘tmishga chekinishi ko‘pincha depressiya va yolg‘izlik hissi bilan bog‘liq.
O‘tmishni qattiq sog‘inish, ya’ni eng yaxshi narsalar «orqada», ya’ni o‘tmishda sodir bo‘lganiga ishonish sizni motivatsiya va istiqbollardan mahrum qiladi. Hozirgi va kelajak hisobiga o‘tmishga yashirinish – yo‘qotish strategiyasidir. Siz to‘xtaysiz, lekin hayot bir joyda turmaydi.
Ob’yektivlikni xiralashtirish – vaqt o‘tishi bilan tafsilotlar o‘chiriladi va miya aldashni boshlaydi. Qiziqarli xotiralarni birinchi o‘ringa olib, ongni chalg‘itadi, ya’ni o‘tmishdagi munosabatlar yoki ish joyi mukammal bo‘lib tuyuladi. Lekin bu har doim ham shunday emas. Har bir vaqt, davr, voqea va shaxsning ijobiy va salbiy tomonlari bor. O‘tmishga ehtiyotkorlik bilan qarash bizga saboq olish, kelajak uchun xulosalar chiqarish va nostalgiya tomonidan uydirilgan yolg‘on tasvirlarga tayanmaslik imkoniyatini beradi.
O‘tmishdagi yaxshi vaqtlarni orzu qilish va o‘tmishga sentimental bog‘lanish marketologlar va siyosatchilar qo‘lida manipulyasiya quroliga aylanadi. Nostalgiya yaxshi sotiladi, chunki unutilgan va sevilgan narsa bilan qayta uchrashish juda jozibali-da.
Siyosatda ommaning nostalgiyaga murojaati yangi g‘oyalarni joriy etish va odamlarni o‘zgarishlarga ilhomlantirish uchun ishlatiladi. Yoki «ilgari yaxshiroq edi», degan bahona bilan shubhali yutuqlarni qo‘zg‘atadi go‘yoki.
Bu hiyla-nayrang fuqarolarga faqat o‘tmishdagi haqiqatlarni eslatib qo‘yishdir. «Avvalgi buyukligimizni qaytaramiz» kabi shiorlar nostalgiyaning shafqatsiz manipulyasiyasidir.
Nostalgiyaning foydali tomonlari...
Yaxshi xabar shundaki, nostalgiya ko‘proq foyda keltiradi. O‘tmishni xotirlash odamni ko‘pincha nekbinlik va ijobiy his-tuyg‘ular bilan quvvatlantiradi. Yoqimli va yorqin xotiralar umid bag‘ishlaydi, demak kelajakda baxt va quvonch ham bor. Nostalgiya depressiyani yengillashtiradi va bolalikdagi fotosuratlar qalbdagi og‘riq darajasini pasaytiradi. Shuningdek, unutilmas voqealarga ongli ravishda sayohat qilish samarali psixoterapevtik mashq bo‘lishi mumkin.
Bir tadqiqotda olimlar ishtirokchilarda ataylab nostalgiyani qo‘zg‘atdilar va o‘tmishga qaytish natijasida kelajakka nisbatan optimizm kuchaydi.
Masalan, koronavirus pandemiyasi davrida dunyo keskin o‘zgarganda, yoqimli xotiralar o‘tmish bilan bog‘lanishga yordam berdi va umidsizlikning halokatli ta’sirini yumshatdi.
Yana bir tajribada odamlar ikki guruhga bo‘lindi: birinchisi guruhdan o‘tmishdagi esda qolgan voqea, ikkinchisidan esa kelajakda kutilgan va o‘tgan haftadagi ijobiy voqea haqida yozish so‘ralgan. Keyin ishtirokchilar hayotda mazmunlilik hissi haqida anketalarni to‘ldirishdi: birinchi guruh ishtirokchilari behuda yashamayotganliklarini aniqroq his qilishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter