Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega eski besh qavatli uylarda lift bo‘lmagan?

Nega eski besh qavatli uylarda lift bo‘lmagan?

Illyustrativ foto

Bir paytlar dunyoning hududi eng katta mamlakatida aholi uchun turarjoylar qurishda (Xrushchyov va Brejnev davrida) imkon qadar ko‘p odamni imkon qadar kamroq maydonga joylashtirish vazifasi qo‘yilgan. Aytish kerakki, vazifa oshig‘i bilan uddalangan...

O‘sha davr standartlariga ko‘ra, liftlar faqat olti va undan ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. To‘g‘ri, istisnolar ham bor edi, biroq ular juda oz.

Uylarni qurishda tejamkorlik bosh maqsad bo‘lgan joyda liftga yo‘l bo‘lsin.

Boshqa bir tomondan, beshinchi qavatgacha zinadan ko‘tarilish uncha og‘ir ish emas. Qolaversa, o‘sha davrlarda jismoniy faollik doim maqtalgan.

Liftsiz uyda yashash mashaqqati esa keksayganda yoki ko‘ch-ko‘chlarda bilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring