Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev mas’ullarga 10 kun muhlat berdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev mas’ullarga 10 kun muhlat berdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yaqin 50-60 yilda kuzatilmagan yog‘ingarchiliklar oqibatida poytaxt ko‘chalari sifati yomonlashganini ta’kidlab, mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Unga ko‘ra:

  • Shahar asosiy yo‘llaridagi barcha «yama»lar 10 kun ichida to‘liq ta’mirlanishi kerak;
  • Ish sifatli bajarilishini prokuratura nazorat qiladi;
  • Ta’mirlash ishlari iloji boricha kechki payt (kunduzgi qatnovga xalaqit bermaslik uchun) amalga oshiriladi;

Fuqarolar «Xalq nazorati» portali orqali yo‘ldagi nosozliklarning rasmlarini yuborishsa yaxshi bo‘lar edi, dedi Ortiqxo‘jayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring