Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iyul oyida biroz noodatiy ob-havo harorati kuzatilgan

Iyul oyida biroz noodatiy ob-havo harorati kuzatilgan

Foto: Xabar.uz

Iqlim xususiyatlariga ko‘ra yozning eng issiq oyi iyul oyi ham yakuniga yetdi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, ushbu iyul oyida nisbatan salqin bo‘lgan. 

Ushbu yil hududning katta qismida iyulda o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, markaziy viloyatlarning qator tumanlarida va respublikaning janubida me’yordan 1-1,7 darajaga yuqori bo‘ldi.

Bu yil iyul oyining katta qismida harorat tartibi juda qulay bo‘ldi, bunday holat O‘zbekistonda yoz faslining o‘rtasi uchun xos emasdir.

Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 32-37 daraja atrofida bo‘ldi. Faqat respublika janubida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda havo kunduz kunlari 39-41 darajagacha isidi.

Iyul oyi uchinchi o‘n kunligining boshidan boshlab issiq asta-sekin ko‘tarila boshladi va o‘n kunlikning o‘rtalariga kelib haroratning maksimal qiymati 8-41 darajaga, cho‘l hududlari janubida 42-44 gradusga, O‘zbekistonning eng janubiy nuqtasi - Termiz shahrida esa 45-46 gradusga yetdi. 25-28 iyul kunlari issiq eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan kunlar kuzatildi. Oyning oxirgi kunlarida harorat biroz pasaydi.

O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida maksimal havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlardan ancha uzoq bo‘ldi.

Maksimal harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni 2024 yil iyul oyida hududning katta qismida 1-3 kunni, cho‘l hududlarda 4-7 kunni tashkil etdi. Maksimal harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan eng ko‘p kunlar soni dasht hududida (Muborak) - 11 kun va eng chekka janubda (Termiz)- 15 kun kuzatildi.

O‘tgan iyul oyida maksimal havo harorati 40 daraja va o‘tgan yuqori bo‘lgan kunlar soni so‘nggi 10 yil ichida eng kam bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring