Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molga yaroqsiz bir mashina go‘sht yoqib yuborildi

Iste’molga yaroqsiz bir mashina go‘sht yoqib yuborildi

Foto: «China.org.ru»

Joriy yilning 3-dekabr soat 02:30 larda Sirdaryo tumanida joylashgan «Sirdaryo» YPX maskanida xizmat olib borayotgan viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda PPXvaJTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida «Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani «Chuvulloq» mahallasida yashovchi 2000-y.t, E.X. boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, avtotransport vositasining salon qismi va yukxonasida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda hamda veterinariya kuzatuv hujjatisiz jami 351 kg qoramol go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining laboratoriyasida tekshirilganida, iste’mol uchun yaroqsiz ekanligi yuzasidan xulosa olinib, yaroqsiz go‘sht mahsuloti belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Fuqaro E.X.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasiga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring