Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inspektor yordamchisi to‘rt nafar egizak o‘g‘il farzandli bo‘ldi  

Inspektor yordamchisi to‘rt nafar egizak o‘g‘il farzandli bo‘ldi  

Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB JXX HPG «Ravoq» mahallasi profilaktika inspektorining  yordamchisi Murod Toshnazarov to‘rt nafar egizak o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

M.Toshnazarov 1992 yilda Koson tumanida tug‘ilgan. 2018 yilda Qarshi davlat universitetini tamomlab, tumandagi 6-sonli o‘rta maktabda ma’naviyatchi lavozimida ishlagan.

Ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishi tufayli 2022 yilda Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB JXX HPG «Ravoq» mahallasi profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilingan va shu kunga qadar ishlab kelmoqda.

Turmush o‘rtog‘i Maftuna Tosheva bilan 2019 yil oktyabr oyida turmush qurgan.

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Respublika perenatal markazida 4 nafar o‘g‘il egizaklarni dunyoga keltirdi. Egizaklar sog‘lom, deyiladi «Postda» nashri xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring