Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollar miqdorida pul beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 dollar miqdorida;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 so‘m miqdorida;

1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlaydi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring