Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijodkorlar uchun yutuqli tanlov e’lon qilindi

Ijodkorlar uchun yutuqli tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi.

Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

  • «Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik»
  • «Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq»
  • «Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r»

Tanlov 2 bosqichda:

  • 1-hududiy bosqich joriy yilning 30 avgustiga qadar;
  • 2-Respublika bosqichi 15 sentyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Baholash natijalari bo‘yicha g‘oliblar:

«Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq»

  • 1-o‘rin — 50 000 000 so‘m;
  • 2-o‘rin — 30 000 000 so‘m;
  • 3-o‘rin — 20 000 000 so‘m.

«Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi videorolik» 

  • 1-o‘rin — 30 000 000 so‘m;
  • 2-o‘rin — 20 000 000 so‘m;
  • 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.

«Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r»

  • 1-o‘rin — 20 000 000 so‘m;
  • 2-o‘rin — 10 000 000 so‘m;
  • 3-o‘rin — 5 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda 18 yoshdan boshlab barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

Ijodiy ishlarni ManaviyatTanlovlar_bot manziliga jo‘natishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: +998971448025

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring