«G‘ishtko‘prik» chegara posti qachongacha yopilishi ma’lum bo‘ldi
![«G‘ishtko‘prik» chegara posti qachongacha yopilishi ma’lum bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/6/920__95_463460344.jpg)
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti 5 fevraldan e’tiboran 4 oyga yopiladi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Cheklov mazkur postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.
«G‘ishtko‘prik» chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 5-fevral «Navoiy» chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi.
Yangidan zamonaviy tarzda bunyod etilgan «Navoiy» chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, G‘ishtko‘prik postiga yaqin hudud hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida «Navoiy» chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter