Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya kompaniyasi «Chimyon»da kurort quradi

Fransiya kompaniyasi «Chimyon»da kurort quradi

Montagne et Neige Développement (Fransiya) kompaniyasi bilan Bo‘stonliq tumanidagi xalqaro dam olish maskanini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida dam oluvchilarni 2515 metr balandlikka ko‘tariladigan gondol tipidagi 10 kishilik oraliq osma yo‘li (maksimal quvvati - 2000 kishi/soat) va 3309 metr balandlikka chiqadigan mayatnik tipidagi 80 kishilik asosiy osma yo‘li (maksimal sig‘imi - 800 kishi/soat) quriladi.

Kurort bunday inshootlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland nuqtaga aylanadi. Shuningdek, unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qishki va yozgi attraksionlar tashkil etiladi, umumiy uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan turli darajadagi 11 ta chang‘i uchish joylari, 6000 nafar turistga mo‘ljallangan mehmonxona majmualari va kottejlar quriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring