Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Hakimjon Dolimov Farg‘ona viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Hakimjon Dolimov 1983 yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter