Fanlar akademiyasiga yangi prezident saylandi
O‘zbekiston Qahramoni Fanlar akademiyasiga prezident etib saylandi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bag‘ishlangan umumiy majlis bo‘lib o‘tdi.
Unda akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Ayupov (1952- yilda tug‘ilgan) – fizika-matematika fanlari doktori. 1977-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi, 1983-yilda fizika-matematika fanlari doktori unvonini olgan. Oliy Majlis Senati a’zosi. 2021-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter