Ertadan metan zapravkalari ochila boshlaydi

6-mart soat 09:00 dan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida metan gaz quyish shoxobchalari bosqichma-bosqich ishlay boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyining ilk kunlarida mamlakatda «havo harorati keskin tushgan», bu esa tabiiy gaz iste’molining oshishiga va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga olib kelgan.
«Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter