Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eko-faol yoshlar ekologiyaga oid muhim loyihalarini taqdim etishdi

Eko-faol yoshlar ekologiyaga oid muhim loyihalarini taqdim etishdi

10 avgust kuni Shahrisabzda «Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!» III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi doirasida «Eng yaxshi ekologik loyiha» tanlovi o‘tkazildi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan 18-30 yoshgacha bo‘lgan eko-faollar o‘zlarining atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalari bilan ishtirok etdi.

Tanlov davomida «Ecoland», «Anti-WASTE», «10 ta daraxt - bitta kitob», «Eko molekula», «Farg‘ona vodiysidagi irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini sun’iy yo‘ldosh va GPS navigatoridan foydalanib, suv sarfining oldini olish va yer unumdorligini yaxshilash», «O‘zbekiston oqar suvlarini tozalashga inqilobiy yondashuv», «Eco laboratoriya», «Batareyka.uz» va boshqa ekologiyani muhofaza qilishga qaratilgan loyihalar taqdim etildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyihalar iqlim o‘zgarishini yaxshilash, bioxilma-xillikni saqlash, yurtimizda yashillik darajasini oshirish uchun daraxt ekishni ko‘paytirish va bu jarayonni soddalashtirish, chiqindilarning ekotizimlarga zararini kamaytirish, jumladan, batareykalarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash va boshqa muhim maqsad va vazifalarni qamrab olgan.

Tanlov g‘oliblari qurultoy yakunida e’lon qilinadi va munosib taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun, mazkur tanlov an’anaviy tarzda har yili «Yoshlar kelajak bunyodkorlari» qurultoyi doirasida o‘tkaziladi. Maqsad yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni ekologiya sohasiga keng jalb etish, yoshlarning ekologiya sohasidagi istiqbolli goyalari va loyihalarini amalga oshirishdir.

«Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!» III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi 13 avgustgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring