Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chet eldagi saylov uchastkalari manzilining elektron xaritasi ishlab chiqildi

Chet eldagi saylov uchastkalari manzilining elektron xaritasi ishlab chiqildi

MSK ma’lum qilishicha, 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlarida chet elda yashovchi o‘zbekistonlik  fuqarolarning ishtirokini ta’minlash maqsadida diplomatik va boshqa vakolatxonalarda 54 ta uchastka saylov komissiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lmagan 11 ta davlatda sayyor saylov punktlari tashkillashtiriladi.

Chet elda yashovchi yurtdoshlarimiz xorijdagi saylov komissiyasi uchastkasiga ro‘yxatga olish borasida TIVning rasmiy sayti orqali yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin.

«Dunyo» AA saylov komissiyasi uchastkalari manzilining elektron xaritasini ishlab chiqdi.

Xorijda yashovchi fuqarolar saytda ko‘rsatilgan havola orqali yaqin orada joylashgan saylov komissiyasi uchastkasi haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring