Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muhim: homiladorlikda nega ayollarda qo‘l uvishadi, bu xavflimi?

Muhim: homiladorlikda nega ayollarda qo‘l uvishadi, bu xavflimi?

Homiladorlikda ko‘plab ayollarda qo‘l uvishishi kuzatiladi. Bunday holat turli omillarga bog‘liq. Xo‘sh, ular qaysilar? Bu homila uchun xavflimi?

SSV matbuot xizmati ushbu mavzu bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ko‘pincha oyoq-qo‘llar uvishishi onaning sog‘lig‘i va rivojlanayotgan homila uchun xavf tug‘dirmaydi, ammo istisno holatlar ham mavjud. Shu bois, uning sababini aniqlash va o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish zarur.

Homiladorlikda qo‘l uvishishining umumiy sabablari:

Shishlar — bo‘lajak ona va homila uchun xavf tug‘dirmaydigan eng ehtimoli yuqori bo‘lgan omil sanaladi. Farzand kutayotgan onada buyraklar me’yoridan ortiq kuch sarflaydi. Ulardagi suyuqlik to‘qimalarda ushlanib, asab tugunlari va qon tomirlariga bosim o‘tkaza boshlaydi.

Natijada oyoq-qo‘llarda qon aylanishi buzilib, ularning uvishishi kuzatiladi. Shuningdek, shish rivojlanishiga progesteron garmoni ishlab chiqarilishining ko‘paygani ham sabab bo‘ladi.

Homiladorlik paytida qo‘l va oyoqlarda A va V guruhiga mansub vitaminlar yetishmovchiligi tufayli ham bezovtalik kuzatiladi. Magniy, kaliy, temir va kalsiy tanqisligi oyoq-qo‘llar sezgirligining buzilishi, tortishish hamda og‘riqqa sabab bo‘ladi.

Muammoni taomnomaga mikroelement va vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish orqali hal qilish mumkin.

Tonnel sindromi — bilak paylari va suyaklari orasidagi o‘rta asab tolalarining qisilishi fonida yuzaga keladigan klinik ko‘rinishlar majmui. Ushbu neyropatiya kompyuterda ishlaydiganlar, skripkachilar, pianinochi va qo‘llari doimiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lganlarning kasb kasalligi hisoblanadi.

Bo‘yin yoki bo‘yin-ko‘krak umurtqalari osteoxondrozi ham qo‘l uvishishi sabablaridan bo‘lishi mumkin. Homilador ayol umurtqasi va umurtqalararo disklaridagi patologik o‘zgarishlar tufayli buning ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.

Hozir dunyoda har ikkinchi odam osteoxondrozga chalingan. Homiladorlik vaziyatni yanada og‘irlashtirib, kasallik xurujini yuzaga keltiradi.

Bundan tashqari, qandli diabetdan aziyat chekadigan homilador ayollarda shikastlangan tomirlar bo‘ylab qon oqimining qiyinlashishi oqibatida qo‘l uvishishi kuzatiladi.

Qolaversa, tor kiyinish ham yeng mushaklari va asab tolalarining qisilishiga olib keladi.

Ko‘pincha o‘naqay ayollar aksariyat harakatlarni aynan o‘ng qo‘lda bajargani uchun homiladorlik paytida shu qo‘lning uvishishi qayd etiladi, chapaqaylarda esa aksincha.

Shuni unutmaslik lozimki, chap qo‘ldagi uvishishlar yurak faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring