Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya orzusi: besh kishini chuv tushirgan shaxs ushlandi

Angliya orzusi: besh kishini chuv tushirgan shaxs ushlandi

Foto: Xabar. uz

Nurobod tumanida Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro E.X. go‘yoki Angliya davlatidagi firmada ishlovchi tanishlari yordamida 5 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborishini va’da qilib, ularning jami 10 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring