Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amir Temur shoh ko‘chasidagi ayrim binolar buzilishi mumkin

Amir Temur shoh ko‘chasidagi ayrim binolar buzilishi mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent faollari bilan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Yunusobod poytaxtni eng qulay qismida joylashgani uchun kredit olmasdan, o‘z sarmoyasini kiritib, ish o‘rni yaratishga intilayotgan tashabbuskorlar juda ko‘p. Lekin, ularni eng qiynaydigan masala – tumanda bo‘sh joy topish.

Masalan, Amir Temur shoh ko‘chasi so‘nggi yetti yilda tadbirkorlar uchun eng jozibador ko‘chaga, hududni o‘sish nuqtasiga aylandi. Lekin ko‘chani 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3-4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylashgan.

Bu binolarni yerosti avtoturargohi bor ko‘p qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish ob’yektlari, ofis va mehmonxona shaklida qayta qurish sharti bilan loyihalar amalga oshirilsa, tadbirkorlar va ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish mumkinligi qayd etildi.

Shunday loyihalarni bank filiallari o‘rnida hamda davlat tashkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oshirish mumkin, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring