Aholiga ajratilgan yerni sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Namangan va Samarqand viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.A. (muqaddam sudlangan) “Qo‘qimboy” massividagi 5 nafar fuqaroga ajratilgan jami 40 sotix yer maydonini ushbu fuqarolarning xabardorligisiz go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali “Chorvachilik” yo‘nalishi uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga fuqaro M.B.dan 61 mln so‘m va 3 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir holat, Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Sh. fuqaro H.T.ning ishonchiga kirib, "Tinchlik" MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziniki ekanligini va 125 mln so‘mga sotishini aytib, kelishilgan pullardan 100 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter