Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Advokatning ko‘krak belgisi: u nimani eslatmoqda?

Advokatning ko‘krak belgisi: u nimani eslatmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining advokatlarning ko‘krak belgisini tashkil etish borasidagi tashabbusi munozaralarni keltirib chiqardi. Bu haqda «advokatnews.uz» xabar bermoqda.

Jumladan advokat Allan Pashkovskiy «Facebook»dagi sahifasida «belgilar (qalqon va tarozi) advokatura haqida ham huquq-tartibor organi (masalan, prokuratura yoki sud) ekan degan fikr uyg‘otadi», deb munosabat bildirdi.

Shuningdek, advokatning fikricha, Palata tomonidan taklif etilayotgan chizmadagi ko‘rinish juda eskicha va siyqasi chiqqan usulda tayyorlangan. Shu bois, yaxshisi, mutaxassis bezakchilarga murojaat qilish kerakligini ta’kidlaydi. Taklif sifatida esa belgining ust tomoni laklanishi kerakligini bildiradi.

Xuddi shuningdek, advokat Aleksey Morozov ham bu masalaga munosabat bildirar ekan, chizmada foydalanilgan belgilar ko‘proq huquq-tartibot idoralari uqalarini eslatishini aytib, qalqon, qilich kabilarga o‘xshash belgilardan umuman voz kechish va o‘ziga tortadigan boshqa biron narsa topish kerakligini taklif qiladi.

Advokat Ibrohim Habibullayevning fikricha esa, chizmada ko‘rsatilgan belgining hajmi biroz kichikroq bo‘lib, uning 5 x 3 sm. hajmda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, har bir ko‘krak belgisi raqamlangan bo‘lishi, raqamlar belgining orqa tomonida joylashtirilishi kerak va uning tegishliligini tasdiqlovchi guvohnoma ham joriy etilishi lozim. Bundan tashqari advokat ko‘krak belgisi chizmasida sariq rang ko‘proq ishtilganiga ham e’tiroz qiladi va barglardan yasalgan chambarak uchun navqironlik ramzi hisoblanadigan to‘q yashil rangni sinab ko‘rishni tavsiya etadi.

Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi joriy yil boshida o‘zining rasmiy saytida va «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida advokatlarning kasbiy taalluqligini anglatishni nazarda tutuvchi ko‘krak nishonini joriy etish taklifini joylashtirib, uning namunaviy chizmasini ham e’lon qilgan hamda advokatlardan ushbu loyiha bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini berishlarini so‘ragan edi.

Ko‘krak belgisining namunaviy chizmasiga esa Advokatlar palatasining 2009-yil 14-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tomonidan ruyxatdan o‘tkazilgan logotipi asos qilib olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring