Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yangilik yaratishdan charchamanglar» — Prezident

«Yangilik yaratishdan charchamanglar» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Prezident rivojlangan davlatlarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, katta-katta natijalari bilan yurtimiz nomini chet elliklarga tanitayotgan ko‘plab vatandoshlarimiz borligini qayd etdi.

Bugungi uchrashuvda 40 dan ziyod ana shunday vatanparvar, ishbilarmon biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Kuni kecha ilg‘or biznes vakillaridan 37 nafari orden va medallar bilan, 104 nafari “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ularni chin dildan tabriklab, fidokorona mehnati uchun o‘z nomidan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.

«Sizlar yangilik yaratishdan, tashabbus ko‘rsatishdan charchamanglar. Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!», - dedi Prezident.

Prezidentdan boshlab Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman – barcha-barcha rahbarlar yil bo‘yi tadbirkor bilan doimiy muloqotda bo‘ldi.

Tadbirkorlar ko‘targan 700 dan ortiq masala, tashabbus va yangi loyihalar qo‘llab-quvvatlandi, 8 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar rivoji, tadbirkorlik infratuzilmasi uchun yana 18 trillion so‘m yo‘naltirildi.

Eng muhimi – mahalladagi mikroloyihadan tortib, megaloyihagacha qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.

Ilgari kredit, bozor topish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar, tinimsiz “tekshir-tekshirlar” sababli 60 foiz yangi tadbirkorlar faoliyati birinchi yilning o‘zidayoq to‘xtab qolar edi.

Hozir esa uch yildan ortiq ishlayotgan korxonalar ulushi 76 foizni tashkil etib, ilk bor 300 mingtaga yetdi. Yana 100 mingdan ziyod shunday yakka tartibdagi tadbirkorlar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring