Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro turizm yarmarkalarida turoperatorlarga pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi

Xalqaro turizm yarmarkalarida turoperatorlarga pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi

O‘zbekiston turizm sohasida global miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, yangi imkoniyatlar yaratish va xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yondashuv doirasida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga yo‘naltirilgan turli tashabbuslar ilgari surilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori tasdiqlandi.

Mazkur qarordagi Nizomga muvofiq faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi Turizm qo‘mitasining budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi ishlab chiqildi.

Shuningdek, mazkur nizomda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun tadbirkorlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirilgan «Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatlarini qoplab berish xizmati» orqali murojaat yuborishi mumkin.

Nizomda ko‘zda tutilgan turoperatorlarning arizalari Turizm qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR markazi» DUK tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda «Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tanlovi»da ishtirok etish yoki rad etish to‘g‘risidagi qarorni murojaatchiga yuboradi.

Tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan turoperatorlarning arizalari maxsus komissiya tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqiladi. Maxsus komissiya Nizomning 3-ilovasiga asosan turoperatorlarning reyting baholarini hisoblab chiqadi hamda «Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatlarini qoplab berish yoki rad etish» to‘g‘risidagi qarorni arizachiga yuboradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring