Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kredit berish talablari o‘zgaradi

O‘zbekistonda kredit berish talablari o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

2024 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston banklari uchun aholiga kredit berish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi. Bu haqda Markaziy bank raisi qarori imzolandi.

Qaror bilan qarz yuki ko‘rsatkichi joriy etilmoqdau o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadi. 

Hozir O‘zbekistonda qarz yuki talabi faqat mikrokreditlarga nisbatan qo‘llanadi va 50 foizni tashkil etadi. 2024 yil 1 iyuldan boshlab barcha kreditlarni (shu jumladan, mikrokreditlarni) berishda kreditorlar o‘z mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshmasligini ta’minlashi shart. 

2025 yil 1 yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.

Qarz yukini barcha kreditlar kontekstida hisoblashni joriy etish orqali regulyator aholi daromadlarini legallashtirishga erishish, o‘z daromadlarini qonuniylashtirgan qarz oluvchilarni kreditlashni rag‘batlantirish, norasmiy daromadlarni baholashni rasmiylashtirish va banklarni mas’uliyatli kreditlashga jalb etishni maqsad qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring