O‘zbekistonda aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish narxlari tez oshmoqda

Fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,5 foizga oshgani ma’lum qilindi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2024 yil fevral oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,1 foizni tashkil etgan.
2025 yilning fevral oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,8 foizga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida 170 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter