Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston 7 milliard dollarlik kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston 7 milliard dollarlik kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston qiymati 4,4 milliard dollarni tashkil etuvchi 34 ta sarmoyaviy loyiha va qiymati 2,6 milliard dollarlik 7 savdo bitimini amalga oshiradi. Joriy yil 7 avgust kuni Qozog‘istonda ikki davlat bosh vazirlari o‘rinbosarlari Jamshid Xo‘jayev va Serik Jumangarin ishtirokidagi biznes forumda ana shunday kelishuvga erishilgan.

Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, energetika, tog‘-kon sanoati va geologiya, transport, kimyo sanoati, qurilish, elektrotexnika, mashinasozlik, farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda sarmoya loyihalari amalga tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Ikki qardosh davlat qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishni ham maqsad qilgan. Jumladan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini birgalikda yetishtirish ko‘zda tutilgan.

Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligidan o‘rin olgan. Keyingi yillarda o‘zaro savdo aylanmasi 4 milliard dollardan oshdi. Ikki davlat ushbu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazish hamda iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni ko‘zlamoqda.

Yangi bitim va kelishuvlar ana shu maqsadga qaratilgan.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi. Bugun ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring