Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NRG Uzbekistan: 5 yillik muvaffaqiyat, o‘sish va innovatsiyalar!

NRG Uzbekistan: 5 yillik muvaffaqiyat, o‘sish va innovatsiyalar!

Bu yil NRG Uzbekistan ko‘chmas mulk bozoridagi faoliyatining birinchi muhim sanasi — 5 yilligini nishonlamoqda! Bu davr kompaniya mijozlari, hamkorlari va jamoasi tufayli erishilgan jadal rivojlanish, ulkan loyihalar va g‘alabalar yillari bo‘ldi.

Kompaniya 5 yil ichida nimalarga erishdi?

NRG nafaqat uylar quradi, balki yashash, qulaylik va shinamlik uchun makon yaratadi. Mana ko‘zga ko‘rinadigan natijalar:

- Topshirilgan 8 ta loyiha — minglab insonlarning uyiga aylangan turar-joy majmualari.

- 269 183 m² qurilgan maydonlar — bu shunchaki raqamlar emas, balki hayot qaynayotgan mavzelar.

- 2 283 dan ortiq baxtli oila — har bir ko‘chib o‘tish alohida lahzadir.

- 5 000 dan ortiq bola xavfsiz hovlilarda o‘ynab va rivojlanib ulg‘aymoqda.

- 42 dan ortiq tadbir — NRG nafaqat qurilish bilan shug‘ullanadi, balki hamma o‘zini katta oilaning bir qismidek his qiladigan jamiyatni yaratadi.

Sizning uyingiz mukammal bo‘lishi uchun har kuni 230 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda.

Kuch manbai

NRG Uzbekistan shunchaki kompaniya emas. U shaharlar qiyofasini o‘zgartiradigan, yangi sifat mezonlarini o‘rnatadigan harakatlantiruvchi kuchdir. NRG kompaniyasi oddiy kvadrat metrlar emas, balki xavfsiz, puxta o‘ylangan va qulay yashash makonini yaratadi.

«Biz erishgan yutuqlarimiz bilan faxrlanamiz va o‘z uyi haqidagi orzusini bizga ishonib topshirgan har bir kishiga minnatdorchilik bildiramiz» — NRG Uzbekistan.

Oldinda yanada ulkanroq loyihalar, innovatsiyalar va g‘alabalar kutmoqda!

NRG Uzbekistan — kelajakni birgalikda quramiz!

Shuningdek, NRG Uzbekistan kompaniyasi o‘zining 5 yilligi munosabati bilan sizni qimmatbaho sovg‘alar bilan o‘tkaziladigan katta o‘yinda ishtirok etishga taklif etadi!

Ishtirok eting va oddiy amallarni bajarish orqali xonadon, avtomobil va boshqa sovg‘alarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Qanday qatnashish mumkin?

✅ NRG savdo bo‘limlaridan biriga tashrif buyuring.

✅ O‘zingizga yoqqan turar-joy majmuasini tanlang.

✅ 2025 yil 6 yanvardan 10 aprelgacha bo‘lgan davrda uy-joy sotib olish shartnomasini imzolang.

✅ Shartnoma raqamingiz sizning ishtirokchi raqamingizga aylanadi.

✅ 2025 yil 11 aprelda o‘tkaziladigan tanlov natijalarini kuting, balki aynan sizga omad kulib boqadi!

Asosiy sovg‘alar:

- Yangi Baxt turar-joy majmuasidagi xonadon

- Zeekr 7x avtomobili

- Maishiy texnika va mebel

G‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring