Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki prezident «Xiva gilamlari» kombinatida bo‘ldi

Ikki prezident  «Xiva gilamlari» kombinatida bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Sadir Japarov «Xiva gilamlari» kombinatida bo‘ldi.

2020 yilda tashkil etilgan mazkur korxonada yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilib, Xitoy, Rossiya, AQSh, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Yevropaning yetakchi davlatlari texnologiyasi bilan jihozlangan zamonaviy kombinatda bugungi kunda 750 kishi mehnat qilmoqda.

Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumini, shuningdek, kombinat hududida tashkil etilgan «Made in Uzbekistan» brendi ostidagi sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdilar.

Tegishli vazirlik va idoralarga o‘zaro tajriba almashish, kooperatsiya va savdoni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi.  Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring