Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hyatt Regency Tashkent»dagi davlat ulushi sotildi

«Hyatt Regency Tashkent»dagi davlat ulushi sotildi

Bitim 87 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining 100 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tanlovda Abu Dhabi Uzbek Investment MChJ QK g‘olib deb topildi.

— Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining xususiylashtirilishi O‘zbekistonning turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish sohasidagi muhim voqeadir. Uni boshqa ko‘plab bitimlardan ajratib turadigan jihati shundaki, davlat ulushini sotib olish kreditlar yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobiga emas, balki faqat investorning o‘z kapitali hisobidan amalga oshiriladi. To‘lov oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan keyin bitta to‘lovda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Abu Dhabi Uzbek Investment mehmonxonaga 12 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish majburiyatini oladi. Abu Dhabi Uzbek Investment kompaniyasi O‘zbekistonga uzoq muddatli istiqbolda qaraydi. Rejalarimizda bir necha yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 1 milliard AQSh dollaridan ortiq mablag‘ jalb etish», — dedi Abu Dhabi Uzbek Investment bosh direktori Timur Rahmanov.

Tomonlar oldi-sotdi shartnomasini g‘olib Hyatt International mehmonxonalari xalqaro tarmog‘i boshqaruvi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng imzolaydilar.

Abu Dhabi Uzbek Investment MChJ QK kapitali 1 milliard AQSh dollarini tashkil etgan sarmoyaviy kompaniya hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring