Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi
Prezident kuni kecha o‘tkazgan yig‘ilishda sanoat tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan mutasaddi idoralarga qator topshiriqlar berilgan
Jumladan, Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi. Joylarda ham viloyat hokimlari boshchiligida hududiy shtablar tashkil etiladi.
Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim bo‘ladi.
Hafta yakunida hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga barcha masalalar Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi va qoloqliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga chora ko‘riladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 232 ta mahalliy sanoat korxonasida ishlab chiqarishni oshirish, 210 ta yirik sanoat loyihasini to‘liq ishga tushirish choralarini ko‘rish topshirildi. Sanoat zonalari va yirik loyihalarning infratuzilma bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish va bu ishlar uchun ajratilgan 1,2 trillion so‘mni to‘liq ishlatish vazifasi qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter