Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bitkoin kursi yangi tarixiy rekordni qayd etdi

Bitkoin kursi yangi tarixiy rekordni qayd etdi

Bitkoin kursi 90 ming dollarga yetdi va tarixiy maksimalni yangiladi. 

Asosiy kriptovalyuta narxi ikki kun ichida 10 ming dollarga oshdi. Bitkoin kursi 11-noyabr kuni Amerika bozorining ochilishida keskin o‘sishni boshladi va bir necha soat ichida deyarli to‘xtovlarsiz 10 foizga ko‘tarildi, doimiy ravishda uning maksimal qiymati yangilanib bordi.

12-noyabr kuni ertalab narx 90 ming dollarga yaqinlashdi, shundan so‘ng u biroz pasaydi, keyin o‘sishni davom ettirdi va Binance birjasida rekord darajada 90 600 dollarga yetdi.

Bitkoin kapitallashuvi 1,78 trillion dollardan oshdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi dasturida bitkoinni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonotlar bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring