Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bank sohasida til biladigan iqtisodchi va ayti mutaxassislarga talab yuqori

Bank sohasida til biladigan iqtisodchi va ayti mutaxassislarga talab yuqori

Joriy yilning 6 avgust kuni «O‘zbekiston milliy banki» aksiyadorlik jamiyati va Toshkent Vebster universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

«O‘zbekiston Milliy banki» AJ va Toshkent Vebster universiteti o‘rtasidagi hamkorlik oliy ta’lim va bank sohasida o‘zaro integratsiyani ta’minlash, talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan.

Shu bilan birga, o‘zaro hamkorlik bank tizimini rivojlantirish tendensiyalarini o‘rganish, ularning natijalarini innovatsion asosda bank tizimi amaliyotiga joriy etish, universitet kafedralari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, bank tizimini rivojlantirish tendensiyalarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalar yaratish va amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu orqali talabalarda nazariy bilimlarni amaliyotda tatbiq etish imkoniyati paydo bo‘ladi.

– Hozirda iqtisodiyot yo‘nalishigi 12 ta oliy ta’lim muassasalari bilan memorandum imzoladik. Asosiy maqsadimiz, iqtidorli talabalarni ishga jalb qilish. O‘zbekistonning 85 foiz tashqi savdo aylanmasi bizning bankimiz orqali o‘tadi, shuningdek, raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan bir vaqtda bankimizda aynan til biladigan iqtisodchi va ayti mutaxassislarga bo‘lgan talab yuqoridir. Joriy yilning o‘zida 500 dan ortiq talaba amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Hozirgi kunda 50 dan ortiq bitiruvchilarni ishga qabul qildik, – deydi Oybek Jo‘rayev, NBU xodimlar bilan ishlash departamenti bo‘lim boshlig‘i.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring