Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2024-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar nomi ma’lum qilindi

2024-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar nomi ma’lum qilindi

2024-yilda 949 ta yirik soliq to‘lovchilar qariyb 123,3 trln so‘m soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shundan:

  • 70,2 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga;
  • 8,6 trln so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
    2024 yil davomida eng ko‘p soliq to‘lagan davlat ulushi mavjud tashkilotlari:
  • «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ – 35 trln 462,6 mlrdso‘m;
  • «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ – 10 trln 797,8 mlrd so‘m;
  • «Navoiyuran» DK – 4 trln 607,1 mlrd so‘m.

Xususiy sektor tashkilotlaridagi eng yirik soliq to‘lovchilar «uchtaligi»:

  • «UzBAT» AJ QK – 2 trln 942,9 mlrd so‘m;
  • «Tashkent Tobacco» MChJ – 1 trln 003,2 mlrd so‘m;
  • «GID License Plate» MChJ XK – 845,9 mlrd so‘m.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring