Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Do you speak English? O‘zbekiston 88-o‘rinda (infografika)

Do you speak English? O‘zbekiston 88-o‘rinda (infografika)

Ingliz tili — milliarddan ziyod inson uchun ona tili yoki ikkinchi, yana 100 millionlab insonlar uchun uchinchi yoki to‘rtinchi til.

Dunyo mamlakatlarida (100 mamlakat va hududda) ushbu tilni o‘zlashtirish darajasini dunyodagi eng yirik EF EPI (EF English Proficiency Index) reytingi belgilab beradi. 2020-yilgi reytingda O‘zbekiston ana shu 100 mamlakat orasida 88-o‘rinda.

Infografika: «Xabar.uz»

Ingliz tilini o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha O‘zbekistonda oldinda:

  • Yevropadagi barcha mamlakatlar;
  • Osiyodagi 18 mamlakat;
  • Sobiq  ittifoqning 9 mamlakati (Moldova va Turkmaniston reytingga kiritilmagan);
  • Yaqin Sharqdagi 7 mamlakat;
  • Afrikadagi 10 mamlakat.
  • Afg‘oniston va Suriya...

Mamlakatlarda ingliz tilini o‘zlashtirish 5 toifaga ajratilgan

Juda yuqori (Niderlandiya, Singapur, JAR)

  • Turli ijtimoiy aloqalarda murakkab jumlalarni qo‘llash layoqati
  • Murakkab matnlarni erkin o‘qib tushunish

Yuqori (Shveysariya, Keniya, Litva)

  • Murakkab matnlarni erkin o‘qib tushunish
  • Teledasturlarni tushunib tomosha qilish
  • Gazetalar mutolaa qilish

O‘rta (Italiya, Janubiy Koreya, Afg‘oniston)

  • Suhbat qura olish
  • Qo‘shiqlar matnini tushunish
  • Tanish mavzularda elektron xatlar yozish

Past (Hindiston, Braziliya, Turkiya)

  • Inglizzabon mamlakatda sayyoh sifatida yo‘nalishni topish
  • Hamkasblar bilan muloqot
  • Hamkasblarning oddiy elektron xatlarini o‘qiy olish

Juda past (Meksika, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni)

  • O‘zi haqida qisqa hikoya (ism, yosh, mamlakat)
  • Oddiy belgilarni tushunish
  • Chet ellik sayyohga oddiy narsalarni tushuntira bilish.
Infografika: EF EPI
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring