«Paynet» shoxobchasida qalbaki dollarini o‘tkazgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.X. internet tarmoqlaridagi o‘yinlar uchun hisob raqamiga pul o‘tkazish maqsadida, «Soy bo‘yi» MFY hududidagi «Paynet» xizmati bilan shug‘ullanib kelgan tadbirkor O.Yo.ga qalbaki 500 AQSh dollari va 500 ming so‘m pullarni berib ketganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ogohlantirilishicha, qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o‘tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Shu bois, o‘zaro hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali o‘zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo‘lasiz, deyiladi prokuratura departamenti xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter