Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qariyb 195 ming qalbaki dollarni muomalaga kiritilishining oldi olindi

Qariyb 195 ming qalbaki dollarni muomalaga kiritilishining oldi olindi

Jizzax va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida qariyb 195 ming qalbaki AQSh dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Jumladan, Toshkent viloyatida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1998-yilda tug‘ilgan sherigi ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga soxta 100 AQSh dollari kupyurali jami 50 ming AQSh dollarini 65 mln so‘mga sotishga kelishishgan.

Shundan so‘ng ular Jizzax shahriga borib, xaridor bilan telefon orqali muloqot qilib, unga qalbaki pullarni shahar hududidagi xufiya joyga qoldirib ketishlarini aytib, kelishilgan summadan 39 mln 200 ming so‘mni oldindan plastik karta orqali olishgan.

Ammo, ular qalbaki valyutalarni belgilangan joyga qoldirmasdan, xaridorni aldab, Toshkent shahriga qaytib ketayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Do‘stlik tumanida ushlandi va ular ketayotgan avtomashina salonidan qalbaki 51 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyatida yashovchi, 1949 va 1984-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs hamda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zaro til biriktirib, chet davlatda tayyorlangan, har biri 100 kupyurali qalbaki 50 ming AQSh dollarini haqiqiy 25 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Ta’kidlanishicha, ularning uchalasi ham muqaddam sudlangan shaxslar bo‘lgan.

Toshkent shahrida qayd etilgan yana bir holatda Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan shaxs xorijdan keltirilgan 50 va 100 AQSh dollari kupyurali qalbaki 45 ming AQSh dollarini xaridorga haqiqiy 25 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1983-yilda tug‘ilgan shaxs va Toshkent viloyatining Parkent tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro qalbaki 10 ming AQSh dollarini xaridorga haqiqiy 8 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha – uning 1995 va 2001 yillarda tug‘ilgan 2 nafar sherigi qalbaki 30 ming AQSh dollarini xaridorga haqiqiy 19.500 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 88 dona 50 AQSh dollari kupyurali va 44 dona 100 AQSh dolllari kupyurali, jami qalbaki 8800 AQSh dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring