Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurashda muhim qaror qabul qilindi

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurashda muhim qaror qabul qilindi

Tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga zarba bermoqda: 2024 yilning birinchi yarim yilligida 940 million dona kontrafakt tamaki mahsuloti musodara etilgan, davlat budjeti esa, 400 milliard so‘m soliq tushumlarini boy berdi.

«Uzilgan tranzit» hokimiyat uchun haqiqiy bosh og‘riq bo‘ldi. Go‘yoki tranzit bo‘lib ketayotgan sigaretlar O‘zbekistonda qolmoqda va yashirin bozorni to‘ydirib, aholi salomatligiga tahdid solmoqda.

Ushbu noqonuniy biznesni bartaraf etish maqsadida tamaki mahsuloti yuk tranziti uchun majburiy depozit joriy etilmoqda. 1 sentyabrdan boshlab yuk tashuvchilar bojxona organlari depozit hisobiga olib o‘tilayotgan tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i, QQS va bojxona bojlariga teng summani o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Tamaki mahsuloti O‘zbekiston hududini tark etganligi tasdiqlangandan keyin mablag‘ qaytariladi.

Shuningdek, yana bir qoida belgilandi: tranzit yuklar qabul qiluvchi mamlakatning aksiz markasiga ega bo‘lishi lozim. Bu choralar nazoratni kuchaytirish va kontrabandachilar foydalanib kelgan «uzilgan tranzit»ning oldini olish uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.06.2024 sanasidagi PF-84-son farmonida alkogol va tamaki mahsuloti bozori ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qator choralar, jumladan, tamaki mahsulotili tranzit yuklari uchun majburiy depozitni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Bu nima?
Majburiy depozit – bu tamaki mahsulotili tranzit yuk egasi O‘zbekiston budjetiga kiritishi kerak bo‘lgan moliyaviy kafolat. Bu o‘ziga xos sug‘urta badali bo‘lib, u tamaki mahsulotlari haqiqatan tranzit orqali olib o‘tilishini va O‘zbekiston hududida qolib ketmasligini kafolatlaydi.

Nima uchun kerak?
O‘zbekistonda kontrabanda tamaki mahsulotining o‘sishi kuzatilmoqda, bu esa aholi salomatligiga zarar qiladi va mamlakat budjetiga jiddiy zarba beradi (aksiz yig‘imlarining boy berilishi).

Joriy etilgan depozit quyidagilarga yo‘naltirilgan:

• kontrabadaning oldini olish: depozit kiritilishi kontrabandaning jozibasini so‘ndiradi, chunki qonunbuzarlar, agar tamaki mahsuloti haqiqatan tranzit bilan o‘tib ketganligini isbotlay olmasa, pul to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

• javobgarlikning ortishi: tamaki mahsulotili yuk egalari o‘z depozitlarini yo‘qotmaslik uchun tranzitni yanada sinchkovlik bilan rejalashtiradilar va rasmiylashtiradilar.

• shaffoflikning ortishi: depozit mexanizmi tranzit operatsiyalarining shaffofligini oshiradi va tamaki mahsuloti oqimini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi.

Bu nima beradi?

• kontrabandaning kamayishi: depozit mexanizmi noqonuniy olib kirilayotgan tamaki mahsuloti hajmini qisqartirish imkonini beradi, bu esa, aksiz yig‘imlari tushishining oshishi hisobiga, davlat budjetini mustahkamlaydi.

• tamaki mahsuloti sifatining oshishi: tranzit ustidan jiddiyroq nazorat bozorga sifat va xavfsizlik standartlariga ko‘p ham muvofiq kelmaydigan kontrafakt mahsulot kirishini cheklash imkonini beradi.

• millat salomatligini mustahkamlash: kontrabandaning qisqarishi sifatsiz tamaki mahsuloti hammabopligini kamaytiradi, bu aholi, ayniqsa yoshlar salomatligida ijobiy aks etadi.

Qayd etish muhimki, tamaki mahsulotili tranzit yuklar uchun majburiy depozitni joriy qilish – bu kontrabandaga qarshi kurashishdagi muhim qadam bo‘lib, shaffof tamaki mahsuloti bozorini yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston hukumati tamaki mahsulotining noqonuniy aylanmasini bartaraf etishga va jinoiy guruhlarga xalq salomatligi evaziga pul ishlashga yo‘l qo‘ymaslikka jiddiy qaror qilgan. Depozit mexanizmining kiritilishi – bu kontrabandaga qarshi kurashishdagi muhim qadam va O‘zbekiston fuqarolari uchun yanada xavfsiz muhit yaratishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring