Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga oldi

IIBB jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga oldi

Toshkent shahrida davom etayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning «Dolzarb qirq kunligi» doirasida poytaxt IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan quyidagi shaxslar bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

  1. 1973 y.t. Kamalov Fazliddin Muhiddinovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  2. 1954 y.t. Ibodov Niyoz (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);
  3. 1972 y.t. Umarov Lutfilla Rixsillayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi, 276-modda);
  4. 1997 y.t. Erkinov Fozil Iskandar o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  5. 1985 y.t. Saidov Begzod Yuldashevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  6. 1996 y.t. Samandarov Sherzodjon Zokir o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  7. 1988 y.t. Asatillayev Yedgar Rahmatillayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  8. 2000 y.t. Ahmadjonov Izzatilla Ismatilla o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  9. 1973 y.t. Muminov Sirojiddin Vaxabovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi);

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring