Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gaz ta’minoti bo‘limi mas’uli pora bilan qo‘lga tushdi

Gaz ta’minoti bo‘limi mas’uli pora bilan qo‘lga tushdi

«O‘rtachirchiq tumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi S.S. tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berish hamda elektron hisoblagich o‘rnatish evaziga 8,5 ming dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi S.S. protsessual tartibda ushlandi.

«Hurmatli ta’minot korxonalari xodimlari! Ish faoliyatingiz davomida ta’magirlik holatlariga yoki boshqa turdagi korrupsion jinoyatlarga qo‘l urmang.

Shuni unutmangki, har bir korrupsion holatlar fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi»,deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring