Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada talonchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada talonchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2023 yil 6 fevral kuni soat 13:00 larda A.A. va L.L.lar bir guruh bo‘lgan holda tanishi K.S.ni Yambaroq MFY hududiga olib kelishib, tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urishib, jami 3.400.000 so‘m pulini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a.b» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring