Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarada ushlangan 80 mln rubl davlatga o‘tkazildi — DXX

Chegarada ushlangan 80 mln rubl davlatga o‘tkazildi — DXX

Qariyb 80 mln Rossiya rublini Qirg‘iz Respublikasiga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

2023 yilning dekabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasi tomon harakatlangan Namangan shahrida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, uning salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln. 994 ming 900 Rossiya rubli borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan edi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxs ushbu valyuta qimmatliklarini chegaradan o‘tkazib berishi evaziga ma’lum miqdorda xizmat haqi olishi kerak bo‘lgan va bunday noqonuniy harakatni muqaddam 4 marotaba amalga oshirgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan esa ushbu shaxs Jinoyat Kodeksining 25,28,182-moddasi 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tezkor tadbir davomida undan ashyoviy dalil sifatida olingan 79 mln 994 ming 900 Rossiya rubli sud hukmiga muvofiq davlat egaligiga o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring