Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bloger ayolga kuch ishlatilishi fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda bloger ayolga kuch ishlatilishi fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda taniqli bloger Fotima Jo‘rayeva kaltaklangani xabari berilgandi.

Oradan ko‘p o‘tmay Bosh prokuratura vaziyat bo‘yicha bayonot berib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini bildirganidan ham xabardorsiz.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish yakuniga ko‘ra, Ulug‘nor tumani Elektr tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisi S. M.ga nisbatan Ulug‘nor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Unga ko‘ra, o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasida F.Jo‘rayevada «Bosh miya chayqalishi, boshni chap qovoq sohasi yorilgan (tikilgan) lat yara, chap yelka bel, qorin va dumba sohasi yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi va qontalashlar» kabi jarohatlar aniqlangan.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda mahalliy fermerlar va tuman Elektr tarmoqlari korxonasida o‘rtasida yuzaga kelgan muammolarni o‘rganayotgan bloger kutilmaganda bosimga duch keladi. Ya’ni bloger Jo‘rayeva so‘roviga javob olish uchun tuman Elektr tarmoqlari korxonasida kelganda uning uyali telefon apparati tortib olinib, sindirib tashlanadi. Kamiga bir necha erkak unga nisbatan jismoniy kuch ishlatadi. Voqelik korxona mutasaddilari ko‘z o‘ngida ro‘y beradi. Biroq hech kim uning oldini olishga harakat qilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring