Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmdan Toshkentga yashirincha olib kelingan 9 tonna spirt aniqlandi

Xorazmdan Toshkentga yashirincha olib kelingan 9 tonna spirt aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Hazorasp tumanida yashovchi fuqarolar Q.Yu. va D.O. Toshkent shahrida yashovchi T.X. bilan o‘zaro til biriktirib, qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida 1 801 dona yelim idishga “Gigiyenicheskiy antisepticheskiy rastvor” yozuvli etiketkalarni yelimlab, umumiy bahosi 306,1 mln so‘mlik jami 9 tonna etil spirtini Toshkent shahridan olib kelganliklari aniqlangan. 

Shuningdek, fuqarolar D.O. va Q.Yu. o‘zaro til biriktirib, Hazorasp tumani, “Beshta” mahallasi hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, ushbu etil spirtidan “Karatau” va “Cavali Vodka” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida qalbaki aksiz markalarni tayyorlaganliklari aniqlanib, 30 ming dona qalbaki aksiz marka, kompyuter texnikasi, 3 ta rangli printer, 9 tonna etil spirti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring