Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi bozorda qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi

Toshkentdagi bozorda qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida joylashgan “Universam dehqon bozori” oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar N.R., X.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Toshkent tumanida yashovchi S.M.dan olib kelgan 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 10 000 AQSh dollarini fuqaro A.O.ga haqiqiy 7 200 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ushlanib, X.A.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan yana 75 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring