Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi avtobusda yo‘lovchi to‘satdan vafot etdi

Toshkentdagi avtobusda yo‘lovchi to‘satdan vafot etdi

Foto: Xabar.uz

26-sentyabr kuni Olmazor tumani, «Beruniy» metro bekatida turgan avtobusda 63 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB ma’lumot berdi. 

Qayd qilinishicha, soat taxminan 11.20 larda «Beruniy» metro bekatida turgan avtobusda yo‘lovchining (1961-yilda tug‘ilgan) sog‘lig‘i yomonlashib qolgan. Yo‘lovchiga havo yetmagani sababli avtobusdan tashqariga olib chiqilgan va tez tibbiy yordam chaqirilgan. Biroq yo‘lovchi tez tibbiy yordam mashinasi kelguniga qadar vafot etgan.

Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotgani ta’kidlanmoqda. Yo‘lovchi YTH oqibatida o‘lgani inkor etildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring