Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi ikkita avtobus to‘qnashib ketdi

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi ikkita avtobus to‘qnashib ketdi

Bugun 25-sentyabr kuni soat 06:45 larda, Toshkent shahar Yangihayot tumani Quruvchilar ko‘chasida yo‘lovchi tashuvchi ikkita «Yutong» rusumli avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 12-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 117-sonli yo‘nalish haydovchisi A.Y. boshqaruvidagi avtobus Yangi hayot tumani Xonabod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasiga yetmasdan Quruvchilar ko‘chasi ulgurji bozor bekatiga burilayotgan vaqtda, 1-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 55-sonli yo‘nalish haydovchisi Sh.Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Dastabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Hozirda sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilagani hamda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring