Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Malibu 2» urib yuborgan bola halok bo‘ldi

Toshkentda «Malibu 2» urib yuborgan bola halok bo‘ldi

Joriy yilning 27 iyul kuni soat 23.15 larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida 2002 yilda tug‘ilgan O.A. «Malibu 2» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning tartibga solinmagan piyodalar o‘tish qismidan kesib o‘tayotgan piyoda 2006 yilda tug‘ilgan A.S.ni urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring